Dynapar geli

Og'riq qoldiruvchi kuchli vosita, barcha turdagi og'riqlar va yallig'lanishlarni ko'p qirrali davolash vositasi.

Dynapar geli
Og'riq qoldiruvchi kuchli vosita, barcha turdagi og'riqlar va yallig'lanishlarni ko'p qirrali davolash vositasi.

O'tkir og'riqda, har bir soniya muhim bo'lganda 20 daqiqadan kamroq vaqt ichida og'riqni yenging

Dynapar-P

Dynapar QPS

Diklofenak spreyining yangi avlodi
Yuqori samaradorlikka ega va mutlaqo xavfsiz muqobil vosita

Dynapar QPS
Diklofenak spreyining yangi avlodi
Yuqori samaradorlikka ega va mutlaqo xavfsiz muqobil vosita
Preparatlar
Og'riq qoldiruvchi kuchli vosita, barcha turdagi og'riqlar va yallig'lanishlarni ko'p qirrali davolash vositasi.
Minimal transdermal penetratsiya, kuchaytirilgan penetratsiya, tasdiqlangan ta'sirga ega.
Bel qismida, bo'yin sohasida, bo'g'imlarda, kuchli bosh og'rig'ida, shuningdek, cho'zilishlar va chiqishlarda og'riqni yengillashtiradigan samarali preparat.

Dynapar Geli
Dozalash shakli: gel;
Faol moddalar: diklofenak dietilamin, metilsalitsilat, mentol, zig'ir moyi;
Tavsif: oq, shaffof bo'lmagan gel;
Farmakoterapevtik guruhi: Steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi preparat.
Dozalash shakli: tabletkalar;
Faol moddalar: diklofenak natriy, paratsetamol;
Tavsif: "D" shaklidagi, qirralari qiyshaygan och ko'k rang tabletkalar. Bir tomonda logotip va qirralarning bo'ylab bo'linish chizig'i mavjud, boshqa tomoni tekis.
Farmakoterapevtik guruhi: Steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi preparat.
Dynapar-P tabletkalari
45 soniyada qabul qilish uchun tayyor bo'ladi
20 daqiqadan kamroq vaqt ichida og'riqni yengillashtiradi
Yuqori darajadagi singish xususiyatiga ega.
Dynapar QPS spreyi
Dozalash shakli: tashqi foydalanish uchun eritma;
Faol moddalar (МНН):
Har bir (15 ml) shisha tarkibiga quyidagilar kiradi:
diklofenak dietilamin, etanol;
Tavsif: rangsizdan sariq ranggacha bo'lgan shaffof eritma.
Farmakoterapevtik guruh: Steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi preparat.
Diklofenakning terining muguz qatlami orqali tez va samarali kirib borishi
Diklofenakning asosiy to'qimalarda yuqori konsentratsiyasi
Og'iz orqali qabul qilinadigan diklofenak bilan solishtirganda yurak, jigar yoki ichak tizimiga yon ta'siri yo'q.
Zarar yetgan hududda og'riqni yaxshiroq kamaytiradi
Belgilangan dozani sepuvchi purkagich bilan aniq diklofenak dozasini beradi.
Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Dynapar-P tabletkalari
Dynapar geli
Dynapar QPS spreyi
Dynapar-P tabletkalari quyidagi hollarda tavsiya etiladi:
- kelib chiqishi turli xil bo'lgan zaif va o'rtacha intensivlikdagi og'riq sindromini (shu jumladan bosh og'rig'i, tish og'rig'i, operatsiyadan keyingi og'riq) yengillashtiradi;

- osteoartroz, umurtqa osteoxondrozi, ankilozan spondilit, paylarning cho'zilishi, intervertebral disklarga zarar yetishi, podagra, psoriatik artrit, revmatoid artrit, sinovit, nevralgiya, mialgiya, lyumbago, fibrozit, tendovaginit, Bexterev kasalligi;

- suyaklarning sinishi va chiqishi paytidagi og'riqlar;

- yuqumli va yallig'lanish kasalliklari davridagi isitma va sovuqotish;

- algodismenoreya;
Dynapar gel quyidagi hollarda tavsiya etiladi:
- Lokalizatsiya qilingan og'riqli yallig'lanish holatlari, shu jumladan cho'zilishlar, ko'karishlar, periferik bo'g'imlarning osteoartriti, tendosinovit, miyozit, bursit;

- sport jarohatlari;

- bel og'rig'i, yumshoq to'qimalar revmatizmining lokalizatsiya qilingan shakllari, paylar, mushaklar va bo'g'imlarning shikastlanish natijasida yallig'lanishi. Osteoartrit, periartropatiya, yelka-skapulyar periartroz, bo'yin spondilitining yengil shakllari;
Dynapar QPS quyidagi hollarda tavsiya etiladi:
- Bel, bo'yin, yelka, tizza va boshqalar og'rig'i, cho'zilishi;

- Paylar, mushaklar va bo'g'imlarning to'mtoq shikastlanishi;

- Subakromial bursit, epikondilit, asetabulyar bursit, anserin bursit va fibromiyalgiya kabi yumshoq to'qimalar revmatizmining lokalizatsiya qilingan shakllari;

-Yuzaki bo'g'imlarning artriti: tizzalar, qo'llar va hokazolar;
Tez-tez beriladigan savollar
1) DYNAPAR QPS ning boshqa og'riq qoldiruvchi vositalarga nisbatan xususiyatlari qanday?
DYNAPAR QPS ning diklofenak bilan solishtirganda yurak, jigar yoki ichaklarga yon ta'siri mavjud emas.
2) DYNAPAR ni homiladorlik paytida qo'llash mumkinmi?
DYNAPAR QPS dan homiladorlikning uchinchi trimestridan boshlab foydalanish tavsiya etilmaydi.

DYNAPAR-P dan homiladorlik va emizish davrida foydalanish tavsiya etilmaydi.

DYNAPAR gelidan
homiladorlikning so'nggi trimestrida foydalanish tavsiya etilmaydi.
3) DYNAPAR ni bolalarga berish mumkinmi?
DYNAPAR QPS 14 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun tavsiya etilmaydi.

DYNAPAR-P 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun tavsiya etilmaydi.

DYNAPAR geli
14 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun tavsiya etilmaydi.
4) DYNAPAR ning dozasi - sutkalik dozasi qancha?
DYNAPAR QPS ning kunlik dozasi - Kuniga 4 marta muntazam ravishda qo'llang. Bosish soni zararlangan hududning maydoniga bog'liq. Maksimal bir martalik dozasi 10 ta, maksimal sutkalik dozasi esa 40 ta bosishga tengdir

Kattalar uchun DYNAPAR-P ning sutkalik dozasi kuniga 2-3 marta 1 tabletkadan iborat, 30 kg dan ortiq vaznli 12 yoshdan katta bolalar uchun ½ tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi.

DYNAPAR gelining
kunlik dozasi kuniga 3-4 marta kerakli miqdordadir.
5) DYNAPAR kim tomonidan ishlab chiqarilgan?
DYNAPAR – bu «Troikaa Pharmaceuticals Ltd.» kompaniyasida ishlab chiqariladigan hind preparatidir.
6) DYNAPAR-P tabletkalari qancha vaqtdan keyin ta'srir qila boshlaydi?
DYNAPAR-P tabletkalari 20 daqiqadan kam vaqt ichida ta'sir qila boshlaydi.
7) DYNAPAR hayz ko'rish og'rig'iga ham yordam beradimi?
DYNAPAR-P tabletkalari hayz paytida ham og'riqni yengillashtiradi.
8) DYNAPAR ni qancha vaqt ichish kerak?
DYNAPAR QPS - alomatlar yo'qolganidan so'ng, davolanishni to'xtatishingiz mumkin. Agar 7 kunlik davolanishdan keyin alomatlar saqlanib qolsa, u holda Siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak.

DYNAPAR-P
- Kattalar uchun maksimal davolanish muddati - 5-7 kun, bolalar uchun - 3 kun.

DYNAPAR geli - 14 yosh va undan katta yoshdagi bolalarda, agar preparatni qo'llash zarur bo'lsa. Agar 7 kunlik davolanishdan keyin alomatlar saqlanib qolsa, u holda Siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak.
9) DYNAPAR ni faqat shifokor retsepti bilan qo'llash mumkinmi?
QPS spreyi va DYNAPAR geli retseptsiz, DYNAPAR-P tabletkalari esa retsept bo'yicha beriladi.
10) DYNAPAR ni qayerdan sotib olish mumkin?
DYNAPAR preparatini shahringiz dorixonalaridan sotib olishingiz mumkin.
Mukofotlar
Yashnobod tumani, M. Ashrafiy ko'chasi, 2-boshi berk ko'cha, 9-uy
Tel.: +998712910140
Yashnobod tumani, M. Ashrafiy ko'chasi, 2-boshi berk ko'cha, 9-uy
Tel.: +998712910140
Dynaparni shahringiz dorixonalaridan sotib olishingiz mumkin.
«Serena Pharm» MChJ
RU
UZ
Made on
Tilda